Yurt faxriga aylangan Nazar ota
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Talisobun mahallasida yashovchi Nazar ota Sherov urushga jo‘nab ketgan paytida navqiron 18 yoshida edi. U 1945 yil aprel oyiga qadar Ukraina frontida yigitlik burchini o‘tadi. Ukraina, Polsha davlatlarini ozod etish uchun kechgan olovli janglarda qatnashdi.
[gallery-17363]
Shukrki, yaqinlari duosi ijobat bo‘lib, Nazar ota ajal domidan sog‘-omon Vataniga qaytdi. Urushdan keyin uzoq yillar qishloq maktabida o‘qituvchilik qilib, hurmat-e’tibor topdi. Oz emas, ko‘p emas, naqd 10 nafar farzandni tarbiyalab, el qatoriga qo‘shdi. Ayni kunda bir etak nevarayu evaralar qurshovida dorilomon kunlar shukronasi bilan yashamoqda.
Otaxon nafaqat qishloqdoshlari, balki tuman ahlining ham faxri. Bugun Nazar otani ziyorat qilib keluvchilarning qadami uzilmaydi. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi vakillari ham otaxonni bayram bilan qutlab, tabarruk duosini oldi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA