Yuldashev Xusan Maxmudovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Presslangan paxta moyini mexanik zarralardan ajratish jarayonini jadallashtirish va tindirish qurilmasini takomillashtirish” mavzusida
Yuldashev Xusan Maxmudovichning 02.00.16 – “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Presslangan paxta moyini mexanik zarralardan ajratish jarayonini jadallashtirish va tindirish qurilmasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishi himoyasi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli ilmiy kengashning 2025-yil 06-mart soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200117, Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Tel.: (+99865) 223-78-84
e-mail: info@bmti.uz