Yuksaklarda hilpirar yurtim bayrogʻi!
Poytaxtimizdagi eng ulkan bayroq 2018-yil 16-iyul kuni “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi oldidagi sayilgohda oʻrnatilgan, balandligi 65 metr.
Poytaxtimizdagi eng ulkan bayroq 2018-yil 16-iyul kuni “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi oldidagi sayilgohda oʻrnatilgan, balandligi 65 metr. Davlat bayrogʻining uzunligi 20 metr, eni 10 metr.
2019-yil 20-martda Mirzo Ulugʻbek va Maxtumquli koʻchalari chorrahasida oʻrnatilgan Davlat bayrogʻining balandligi 57 metr.
Nukus shahar markazidagi bayroq 2018-yil Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik tantanalari arafasida oʻnatilgan. Balandligi 55 metr.

Andijonda balandligi 64 metrlik maxsus ustun choʻqqisiga mustahkamlangan bayroq koʻhna Eski shahar hududidagi xiyobonda oʻrnatilgan. Bayroqning uzunligi 14, eni 7,5 metr, ogʻirligi esa 33 kilogrammdir.
Buxoro shahridagi “Favvoralar maydoni” bogʻiga 2019-yil 16-martda balandligi 60 metr, hajmi 16 metrga 8 metr boʻlgan davlat bayrogʻi oʻrnatilgan.

Samarqandda shunday ulkan bayroq 2018-yil 7-dekabrda shaharning Koʻksaroy maydonida oʻrnatilgan. 60 metrlik flagshtokdagi ushbu bayroqning uzunligi 20 metr, eni 10 metr.
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri uzra hilpirayotgan bayroqning balandligi 32 metr, uzunligi 5, eni 3 metr.

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida 2017-yilda 44 metr balandlikdagi flagshtokka oʻrnatilgan bayroqning hajmi 6,5 metrga 4,5 metr.

Navoiy shahrining Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻidagi salobatli bayroq 2018-yilda oʻrnatilgan. Uning balandligi tutqichi va ustuni bilan birgalikda 62,5 metr. Uzunligi 20, eni 10 metr.

Namangan viloyati Kosonsoy tumani markazidagi ulkan bayroq 2019-yilda oʻrnatilgan. Osmon uzra hilpiray boshlagan bayroqning balandligi 60 metr.
2018-yil noyabrda Urganch shahri markazida joylashgan Amir Temur nomidagi istirohat bogʻida oʻrnatilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi balandligi 60 metr.