Yozua Kimmix: Noyerga endi uning sardori ekanimni aytaman
U qaytganidan so‘ng jamoa sardori kim bo‘lishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edim.
"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Germaniya terma jamoasiga qaytgan Manuel Noyer haqida fikr bildirdi.
"Noyer milliy terma jamoaga qaytishga rozi bo‘ldi va murabbiy Yulian Nagelsman tomonidan mundialga boradigan futbolchilar qatoridan joy oldi. Bundan juda xursandman. Biz Manuel bilan 11-yildan buyon birga o‘ynaymiz. Uning terma jamoa bilan jahon chempionatiga borishi esa ajoyib. U qaytganidan so‘ng jamoa sardori kim bo‘lishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edim. Biroq mundialda Germaniya terma jamoasi sardori bo‘lishimdan xursandman. Birinchi imkon tug‘ilishi bilan, Noyerga endi uning sardori ekanimni aytaman", - dedi hazilomuz qilib Kimmix.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d’Ivuar hamda Ekvador terma jamoalari bilan bahs olib boradi.