Yoshlarda zo‘ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirishning yangi ilmiy-amaliy asoslari
Yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon faqatgina bir tashkilotning ishi emas, balki keng jamoatchiliknig umumiy mas’uliyati.
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida tashkil etilgan navbatdagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani aynan shu masalaga bag‘ishlandi.
Anjumanda mahalla, oila va ta’lim maskanlarining o‘zaro birikib ishlashi orqali yoshlarda har qanday zo‘ravonlikka qarshi immunititet hosil qilishi uchun zamin yaratilishi ta’kidlandi.
[gallery-29875]
Ushbu anjumanni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari nomzodi, akademik Xolboy Ibragimov ochib berdi. Anjumanda soha yetakchi mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.
Anjuman doirasida bildirilgan taklif va mulohazalar o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda yangi yondashuvlarni belgilab berdi.
Tadbir yakunida qabul qilingan tavsiyalar nafaqat pedagogik jarayonda, balki mahalla va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida ham muhim amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Dildora DO‘SMATOVA, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA