Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi San’at saroyida shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev boshchiligida sektor rahbarlari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
[gallery-6115]
Yoshlar yetakchilariga zarur sharoitlar yaratish va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy kompyuter to‘plami, modem va mebel jihozlari topshirildi.
Shahar madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA