Yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Soli bobo” fermer xo‘jaligi qoshida go‘shtni qayta ishlash sexi ish boshladi.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Soli bobo” fermer xo‘jaligi qoshida go‘shtni qayta ishlash sexi ish boshladi.
Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida chorvachilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2006-yil 23-martda qabul qilingan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu soha rivojida muhim omil bo‘lmoqda.
– Tijorat bankidan olingan yuz million so‘m kredit hamda shaxsiy sarmoya hisobidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Abdug‘ani Eshonqulov. – Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sexda yetti nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Ayni paytda mahalliy bozorga 9 turdagi kolbasa va go‘sht mahsulotlari yetkazib bermoqdamiz. 170 bosh yirik shoxli qoramol parvarishlanayotgan xo‘jaligimizda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish hisobidan mahsulot turini ko‘paytirishni rejalashtirmoqdamiz.