Yoshlar takliflari tinglandi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan yoshlar muammolarini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda, albatta yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar muxim ahamiyatga ega.
Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida joriy yilning iyul–dekabr oylarida sohalar kesimida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Har bir uchrashuvda mas’ul rahbarlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning takliflari, g‘oyalari va muammolarini tinglaydi. Eng muhimi, bu fikrlar asosida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab boriladi.
Yoshlar ijod saroyida navbatdagi fuqarolik jamiyati instituti vakillari hamda yosh volontyorlar bilan muloqot tashkil etildi.
[gallery-25888]
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini ta’minlash hamda joylarda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati, ularning imkoniyatlarini oshirish hamda tajribali mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek, yurtimizda volontyorlik faoliyatini olib borayotgan bir qator yoshlar ishtirok etdi.
Onlayn yuborilgan savollar moderatorlar tomonidan o‘qib eshittirildi. Ko‘tarilgan muammolar vazirlik va idoralarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Gulnoza Boboyeva,
Asliddin Alijonov (surat), O‘zA