Yoshlar sog‘lom turmush tarafdori
Poytaxtimizda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” aksiyasi doirasida bouling bo‘yicha “Kamolot-bouling” turniri bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” aksiyasi doirasida bouling bo‘yicha “Kamolot-bouling” turniri bo‘lib o‘tdi.Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Ilk bor o‘tkazilayotgan turnirda 33 oliy o‘quv yurtidan 165 talaba-yosh ishtirok etdi.
Turnirning birinchi bosqichida poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlarining “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti a’zolaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Ikkinchi bosqichda oliy o‘quv yurtlarining g‘olib jamoalari o‘zaro bahslashdi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.