Yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish bu sohadagi haqiqiy holatni baholash, muammolarni bevosita yoshlarning o‘zidan eshitish va tizimli kamchiliklarni bartaraf etishning eng samarali usulidir.
Shunga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Bektemir tumanidagi Musaffo, Oltintopgan va Iqbol mahallalarida yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida yoshlar yetakchilarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuvlarni kengaytirish hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turgan yigit-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ajratilayotgan subsidiya va kreditlarning maqsadli ishlatilayotgani, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport maydonchalari, to‘garaklar va kutubxonalarning faoliyati surishtirildi.
Shuningdek, yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda yangi tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA