“Yoshlar ovozi” tanlovi qizg‘in pallada
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar ovozi” tanlovi respublika bosqichi tantanali boshlandi.
[gallery-7058]
Tanlovning respublika bosqichi 10-15 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi. Unda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 152 nafar ishtirokchi qatnashadi. Tanlovda baxshichilik, an’anaviy ijro, opera hamda estrada yo‘nalishda 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifalarida yoshlar ishtirok etmoqda.
Bugun tanlovning ikkinchi kunida baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha barcha yosh toifalarida 31 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi.
Tanlov davom etmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA