FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasi binosida agentlik direktori Akmal Burxonovning Namangan viloyati yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, jumladan, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan preventiv choralar, sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini mamlakatimizda ham joriy etish borasida agentlik va hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. 

[gallery-15926]

Tadbirda yoshlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlang‘ich ta’lim olishdan boshlash, yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni sodda tarzda tushuntirishga qaratilgan qisqa metrajli roliklarni muntazam ravishda berib borish, ijtimoiy reklama vaqtini ko‘paytirish, alohida telekanal tashkil etish, korrupsiya holatlari eng ko‘p uchrayotgan sohalarni raqamlashtirish orqali inson omilini cheklash hamda sohaga oid adabiyotlarni ko‘paytirish kabi dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi.

Agentlik direktori A. Burxonov hamda viloyati hokimi o‘rinbosari G‘. Murodxo‘jayev yoshlarning savol va takliflariga batafsil javob qaytardi.

O‘rinli va asosli, deb topilgan takliflar kelgusida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda inobatga olinishi qayd etildi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA 

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘z takliflarini bildirdi