Yoshlar koreys tilini o‘rganmoqda
Buxoro shahridagi 19-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida 837 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda saboq olmoqda.
Buxoro shahridagi 19-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida 837 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda saboq olmoqda.
Ta’lim maskanida koreys tili chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. O‘quv xonalari zamonaviy texnologiyalar, ko‘rgazmali vositalar, o‘zbek-koreys tili lug‘atlari, adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan. Malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan erkin so‘zlashuv, qiziqarli o‘yinlar, savol-javob tarzidagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilar koreys tilini chuqur o‘zlashtirmoqda. Bunda, ayniqsa, janubiy Koreyalik ko‘ngilli o‘qituvchi-volantyor Ju Chi Xyonning hissasi katta.
O‘quvchilar yozgi ta’tilda ham maktabda tashkil etiladigan to‘garak mashg‘ulotlarida koreys tili saboqlarini davom ettirishlari ko‘zda tutilgan.