Yoshlar faoliyatidagi yangi tashabbuslar belgilab olindi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent shahar, viloyat va tuman (shahar) bo‘lim mas’ullari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Unda 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Joriy yildagi yangi loyihalar, yoshlarga yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashning kompleks chora-tadbirlarini belgilash, yoshlar siyosatida yangi samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini o‘rganish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA