Yosh tennischilar bahslashmoqda
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan turnirda yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan turnirda yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.O‘zbekiston tennis federatsiyasi va Osiyo tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqadan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida tennisni yanada ommalashtirish va ular orasidan iste’dodli sportchilarni kashf etishdir.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Bekzod Rasamatov, Akbarshoh Shukurov, Rasul Nurmuhamedov, Ibrohim O‘rinov, Maksim Shin, Azizbek Niyozov, Aziz Dadaboyev va Qodirjon Odilov birinchi davrada g‘alaba qozondi.
Qizlar o‘rtasida Setora Normurodova, Valentina Shleyn, Violetta Alekseyeva, Irisa Tursunova, Olesya Kim chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.