Yosh sportchilarimiz xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi
Mamlakatimiz stol tennischilari Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mamlakatimiz stol tennischilari Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Yuzdan ziyod sportchi qatnashgan turnirda Islom Sultonov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Sportchilarimizdan Marhabo Ma’dieva, So‘g‘diyona Madaliyeva, Rumiya Lutfulina, Muhriddin Rajabov, Abdulaziz Anorboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Turnirda mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.