Yosh sportchilar muvaffaqiyati
Nukus shahridagi 2-ko‘p tarmoqli bolalar va o‘smirlar sport maktabida 830 dan ziyod o‘g‘il-qiz badiiy gimnastika, voleybol, futbol, mini futbol, shotokan karate-do, taekvondo, yengil va og‘ir atletika, erkin kurash kabi sport turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Zamonaviy tarzda jihozlangan sport maskanida mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. 2014-yilda mamlakatimiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan turli musobaqalarda Zuhra Shagilova, Mariya Lemzyakova, Feruza Tanirbergenova, Islom O‘rozboyev, Gulbahor Maqsadboyeva, Oybek Allanbekov, Ulmekan Bekpo‘latova, Ruslan Yusufbekov singari maktab o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.