Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida yosh shaxmatchilarimiz kuchlilar qatorida bormoqda
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Mazkur nufuzli chempionatda yigirmadan ziyod davlatdan besh yuzdan ortiq yosh sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashmoqda.
Chempionatning ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, yetti yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda biryo‘la to‘rt shaxmatchimiz ikki ochkodan jamg‘argan holda kuchlilar qatorida bormoqda. Alixon Avazxonov qirg‘izistonlik Sultay Chingiz va rossiyalik Ahmet Taskulindan ustun kelgan bo‘lsa, Humoyun Begmurodov Shri-Lanka vakili Emal Imandiv Dissanayake va qozog‘istonlik Adil Satibaldini yengdi.
Shuningdek, Humoyun Sindorov va Rofiqjon Usmonov ham dastlabki ikki partiyani g‘alaba bilan yakunladi. Shahrombek Karimov hisobida hozircha bir ochko bor.
Etti yoshgacha qizlar musobaqasida Afro‘za Hamdamova va Nozima Valiyeva yetakchilar qatorida bormoqda. Afro‘za rossiyalik Milana Fominix va xitoylik Iyning Chengni yengdi. Nozima rossiyalik shaxmatchilar Izabella Dandish va Anna Bryuxanovani mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu yosh toifasida qatnashayotgan yana bir shaxmatchimiz Odina Olimova hozircha bir ochko jamg‘ardi.
O‘z yosh toifasida Javohir Sindorov va Umida Omonova 2 ochko, Abdulbosit Sharifjonov, Sulton Tursunov, Suhrobjon Avalboyev, Nodirbek Abdusattorov, Zilola Aktamova 1,5 ochko, Akobirxon Saydaliyev, Murodbek Rashidov, Olmos Rahmatullayev, Fayzulla Halimjonov, Mirfayz Sunnatov, Muzaffar Eminjonov, Nodirbek Yoqubboyev, Marjona Azizqulova, Samirabonu Olimjonova, Omina Nazarova, Dilbar Hamroyeva, Asal Salimova 1 ochko, Fotih Abduxoliqov, Mashhur Hayitov va Umar Isomov 0,5 ochkodan jamg‘ardi.