Yosh shaxmatchilar saralandi
Poytaxtimizdagi 15-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 170 nafardan ortiq yosh shaxmatchi to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun dona surdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Almaz Rahmatullayev, Rustam Rahmatullayev, Xumoyun Sindorov, Zarifbek Rustamiy o‘z guruhlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Mohinur Nig‘matullayeva, Muyassar Mirzahmedova, Komila Mirzahmedova, Madina Qahhorova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.