Yosh sambochilarimiz Bishkekda
Bugun, 18-aprel kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnir musobaqalari boshlandi.
Bir qator davlatlarning mahoratli sambochilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham xalqaro turnirda qatnashmoqda.

Bishkek gilamlarida kechadigan bellashuvlarda yurtimizning yosh sambochilaridan Avazbek Avazbekov, Artyom Bezrukov, Saidxon Hamidjonov, Radmir Xabiyev, Stepan Zyablov, Fayziddin Lutfiddinov, Akmal Azimov, Shohsuvor Rasulov va Firdavsiy Lutfiddinov o‘z vaznlarida g‘oliblikka da’vogarlik qilishadi.
Musobaqalar 19-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA