Yosh ijodkorlar uchun munosib rag‘bat
(FOTOREPORTAJ) O‘quv yili yakuni munosabati bilan Karmana tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan taqdiri mening taqdirimda” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “besh tashabbus” bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, maktabning san’atsevar yoshlari tomonidan ijro etilgan ko‘y-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist Odil Hotamov kirish so‘zi bilan ochar ekan, yosh ijodkorlarning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-2533]
Tadbir so‘ngida maktabda ijodiy targ‘ibotchi tomonidan tashkil etilgan jurnalistika, nazm va nasr yo‘nalishidagi ijodiy to‘garakda faol ishtirok etgan bir guruh ijodkor yoshlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi, shuningdek, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Tashakkurnoma” va kitoblar jamlanmasi bilan munosib taqdirlandi.
Siroj ASLONOV olgan suratlar, O‘zA