Yosh dzyudochilarimiz Osiyo kubogining ilk kunida 12 ta medalli bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Beket Maxmutov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
12 ta davlatning 500 nafardan ziyod dzyudochilari ishtirok etayotgan turnirning dastlabki kungi bellashuvlari o‘smirlar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medaliga egalik qildi.

Bugun, 10-iyun kuni Osiyo kubogining ikkinchi kungi musobaqalarida o‘smirlar -73, -81, -90, +90 kilogrammda, o‘smir qizlar -57, -63, -70, +70 kilo og‘irlikda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Turnir 12-iyunga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA