Yosh dzyudochilarimiz 20 ta medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan “Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026” musobaqasining yoshlar o‘rtasidagi birinchi kun bahslari O‘zbekiston terma jamoasining ustunligi ostida kechdi.
Yettita vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Yurtimiz dzyudochilari 6 marotaba shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Jumladan, Muhammadjon Masharipov (-60 kg), Amirxon Nizomaddinov (-66 kg), Inoyat Telmanov (-73 kg), Dilruh Hasanova (-48 kg), Sabina Azamatova (-52 kg) hamda Adina Abilhasimova (-63 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalga qadar muvaffaqiyatli yetib kelgan Muhammadqodir Shodmonov (-60 kg), Izzatbek Ro‘zimatov (-66 kg), Sanjarbek Ashurov (-73 kg), Zarina Jamalova (-48 kg), Nargiza Do‘stmamatova (-52 kg) va Gulasal Obloqulova (-63 kg) kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Dilshod Karimov (-60 kg), Arapbay Daurbayev (-60 kg), Javlonbek Yusupov (-73 kg), Mohinur Ollaberganova (-48 kg), Saodat Qoraboyeva (-52 kg), Mohinur Ollaberganova (-57 kg), Ramajon Saparova (-57 kg) hamda Charosoy O‘ktamboyeva (-63 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, musobaqaning birinchi kungi bahslari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza, jami 20 ta medal bilan umumjamoa hisobida peshqadamlik qildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA