Yoqutxon Xolbekova jahonda tengsiz
Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida para atletlarimizning muvaffaqiyatli odimlari davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 5.48 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Yoqutxon Xolbekova 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 5.54 metr natija bilan kumush medal hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA