Yo‘llarning sifati bo‘lishi xavfsizlikni ta’minlaydi
Yurtimizda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, aholi hamda transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Andijon viloyatida ham e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan Baliqchi tumani hududidan o‘tuvchi respublika ahamiyatiga ega “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 111–117-kilometri hududida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.


“Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘li transport harakati yuqori bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning sifatli ta’mirlanishi hududlararo qatnov samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari zamonaviy texnologik talablar asosida tashkil etilmoqda. Jumladan, yo‘l poydevorini mustahkamlash, qatlamlar zichligining me’yor darajasida bo‘lishini ta’minlash hamda yuqori sifatli asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari bosqichma-bosqich va belgilangan standartlar asosida olib borilmoqda.
F.Ubaydullayev, O‘zA.