Yo‘l qurilishi: amaliyot va samara
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati tomonidan Sirdaryo viloyatidagi jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda yo‘l xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikda OAVda yoritib borish, press-tur va brifinglar orqali sohadagi yangiliklarni xalqqa tez, aniq va muntazam yetkazib borish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Umarqulov Sirdaryo viloyati bo‘yicha mavjud umumfoydalanuvdagi yo‘llar va ularni qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash, ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

–Matbuot anjumanida birinchi marta ishtirok etdim, – deydi Jurnalistlar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi raisining o‘rinbosari Dilorom Ismadiyorova. – Yo‘lga daxldor savollar bilan kimga, qayerga murojaat qilishni bilmas edik. Anjumanda qatnashib ko‘p ma’lumotlar oldim. Yo‘llarning tasnifi va toifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldim.
Anjumanda yo‘l sohasi tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan kelgusidagi rejalar haqida ham ma’lumot berildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri.