Yilning eng yaxshi intervyueri
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi intervyueri” tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi intervyueri” tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining farovonligi darajasini o‘rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Uning natijasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi. Shuningdek, kuzatuvlar natijalaridan aholining kam ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari va iste’mol narxlari indeksini hisoblashda foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalarining turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limlarining mutaxassislari o‘rtasida ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish, kasbga bo‘lgan qiziqishi va malakasini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi intervyueri” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov tashkil etildi.
Tanlov ikki bosqichda bo‘lib, 1-bosqich hududiy statistika boshqarmalarida o‘tkazildi. Ikkinchi respublika bosqichida hududiy statistika boshqarmalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan mutaxassislar qatnashdi.
Ishtirokchilarga 1-shartda qiziqarli topshiriqlar va statistikaga oid savollar berildi. 2-shartda qatnashchilar uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar aks ettirilgan ish jarayonlaridan lavhalar ko‘rsatdi. 3-shart erkin mavzu bo‘lib, ishtirokchilar she’r, qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari va boshqa chiqishlari bilan o‘z qobiliyatlarini namoyish etdi.
Intervyuerlarning chiqishlarini hakamlar hay’ati a’zolari munosib baholab bordi. Natijalarga ko‘ra, Toshkent shahri statistika boshqarmasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Samarqand, uchinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati jamoalari egalladi.
Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilar diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.