Yengil atletikachilar saralandi
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha Markaziy harbiy sport klubi ochiq chemponati bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha Markaziy harbiy sport klubi ochiq chemponati bo‘lib o‘tdi.Musobaqada ishtirok etgan 150 dan ziyod atletlar turli masofalarga yugurish, uzunlik va balandlikka sakrash, yadro, disk va bosqon uloqtirish bahslarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Yugurish musobaqasida Sunnat Ismoilov, Roman Melnikov, Xurshid Ahmadaliyev, Ortiq Ramazonov, Yekaterina Tunguskova, Natalya Asanova va Diana Agliulina shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Uzunlik va balandlikka sakrash bahslarida Temur Rahmatullayev, Andrey Reznichenko, Anastasiya Juravlyova, Aleksandra Yurkevskaya birinchi o‘rinni egalladi.
Bosqon, nayza hamda yadro uloqtirishda Suhrob Hojiyev, Ivan Markelov, Sergey Dementev, Anastasiya Aslanidu, Olga Gluxovkina, Svetlana Proshkinaga teng keladini topilmadi.