Yengil atletikachilar saralandi
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 150 nafarga yaqin yosh sportchi ishtirok etdi.
Chempionatning turli masofalarga va to‘siqlar osha yugurish bahslarida andijonlik Humoyun Mahmudov, samarqandlik Shohrux Barotov, sirdaryolik Sherzod Turg‘unov, toshkentlik Dmitriy Ziganshin, Igor Lixomanov, navoiylik Abbos Nurilloyev, namanganlik Hasan Jo‘rayev, jizzaxlik Elmira Gazizova, Sabina Umarova, samarqandlik Veronika Shetinina, poytaxtlik Anjelika Belova, farg‘onalik Dinora Ochilova hamda namanganlik Muattar Baratova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Jamoalar o‘rtasidagi estafeta musobaqasida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktabi va Jizzax bolalar va o‘smirlar sport maktabi yoshlari marraga birinchi keldi.
Sportcha yurish bo‘yicha Toshkent viloyatidan Shohrux Salomov hamda navoiylik Diana Lorasova, sakkizkurashda toshkentlik Oleg Poshvin, yettikurashda samarqandlik Veronika Shetinina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Uzunlik, balandlik va uch hatlab sakrashda samarqandlik Aleksandr Stepanov, toshkentlik Dmitriy Pupko, namanganlik Aleksey Britenkov, farg‘onalik O‘g‘iloy Abdulazizova, samarqandlik Roksana Xudoyorova, Toshkent viloyatidan Olga Shlentova O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Yadro, nayza, disk hamda bosqon uloqtirish bo‘yicha kuch sinashgan sportchilar orasida Toshkent viloyatidan Muhammad Maqsudov, Dehqonboy Hotamov, farg‘onalik Muslim Muhammadjonov, toshkentlik Maksim Mutasov, samarqandlik Farida Hakimova, farg‘onalik Sanobar Erkinova hamda Gulsanam Halimova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.