YeI va Kanada xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi
Monrealda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Kanada sammitidan so‘ng e’lon qilingan qo‘shma bayonotga ko‘ra, Bryussel va Ottava “Kelajak uchun Yevropa Ittifoqi – Kanada” ittifoqini tuzmoqda. Bu qadam tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida yanada faol hamkorlikni nazarda tutadi.
– Bugun biz – Kanada va Yevropa Ittifoqi (YeI) rahbarlari Monrealda bo‘lib o‘tgan 21-sammitda “Kanada – YeI: Kelajak uchun ittifoq” tuzilganini e’lon qilamiz... Tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida yanada faol hamkorlik tuzilma faoliyati asosini tashkil qiladi, – deyilgan bayonotda.
– Shuningdek, tomonlar Ottava 90 milliard yevrolik Yevropa krediti doirasida Ukrainani moliyalashtirishga hissa qo‘shishiga kelishib oldi, – dedi Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen juma kuni.

YeK rahbari Monrealda bo‘lib o‘tgan anjumandan so‘ng Bosh vazir Mark Karni ham Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta ishtirokida kechgan matbuot anjumanida ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.
Karni “Kanadaning dastlabki hissasi 500 million yevro ekani”ni aytdi.
YeI 2026-2027-yillarda Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratilishini tasdiqlagan. Shundan taxminan 60 milliard yevrosi harbiy ehtiyoj uchun ishlatiladi.
S.Rahimov, O‘zA