YeI Ukrainaga moliyaviy ko‘mak ajratadi
Ukraina tez orada Yevropa Ittifoqidan makromoliyaviy ko‘makning birinchi bosqichida 600 million yevro olishi mumkin.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ijtimoiy tarmoqda shunday deb yozgan: “O‘tgan hafta aytganimdek, Ukrainaga 1,2 milliard yevrolik makromoliyaviy ko‘mak beriladi. Yevroparlament va a’zo davlatlarni tezroq bu qarorni tasdiqlashga chaqiraman. Shunda biz Ukrainaga dastlabki bosqichdagi 600 million yevrolik mablag‘ni yubora olamiz”.
YeK rasmiy saytida yozilishicha, nazarda tutilgan mablag‘ hozirgacha bu mamlakat turli dasturlar orqali olgan 5,6 milliard yevroga qo‘shimcha tarzda ajratiladi.
Xabarda qayd etilgan yordam YeI davlatlariga, to‘lov balansini qo‘llab-quvvatlash uchun beriluvchi imtiyozli kreditdir.