Yaxshimbekova Sayyora Kamalovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirish” mavzusida
Yaxshimbekova Sayyora Kamalovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 18 aprel kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3-uy.
Tel.: (99871) 202-01-20; Faks: (99871) 202-01-21.
e-mail: info@bimm.uz