Yaxshilar yodi
Asaka tumani hokimligi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumandagi 52-umumta’lim maktabida davlat idoralarida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shgan, fidoyi inson No‘’monjon Yuldashev xotirasiga bag‘ishlab “Yaxshilar yodi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etgan tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Isroiljon Sultonov, O‘zXDP tuman kengashi raisi Mo‘ydinjon Dadajonov va boshqalar No‘’monjon Yuldashevning ibratli hayot yo‘li, amalga oshirgan ishlari, yuksak insoniy fazilatlari haqida so‘z yuritdi.



Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ilhomjon Jo‘rayev, Jo‘rabek Qodirov va boshqa san’atkorlar ijrosidagi Vatan, halollik, insoniylik, tinchlik va mehr-oqibatni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbir Asakaning mashhur “Cho‘ntak” choyxonasida Qur’on tilovati bilan bir piyola choy ustida davom etdi.
Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA muxbiri.