Yashirin iqtisodiyot — oshkora zarar (+video)
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri bu — yashirin iqtisodiyotdir. U rasmiy statistikada aks etmaydi, lekin davlat byudjetiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni noteng raqobatga duchor qiladi va jamiyatda adolatsizlik hissini kuchaytiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida tadbirkorlik uchun imkoniyatlar kengayib bormoqda, biroq uning ortidan yashirin savdo, buxgalteriya bo‘yicha ikki xil hisob yuritish, iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot berish orqali soliqlardan qochish holatlari ham kuchaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion so‘mga yetgan, bu byudjet yiliga 7,5 trillion so‘mni yo‘qotish degani. Birgina aksiz solig‘i to‘lovchilar ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini yashirgani oqibatida 66 milliard so‘m soliqdan qochilgan.
Ushbu holatlardan kelib chiqqan holda, yashirin iqtisodiyotning O‘zbekiston byudjetiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri ko‘lamini tasavvur qilish qiyin emas.
Shu bois, oxirgi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish, xususan, elektron to‘lov tizimlarini joriy etish – yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashning asosiy quroli sifatida ilgari surilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/bQCxvUMQ9c8?si=0mTIaNROtRZi4Wml" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA