“Yaşil makon” – yaşil kelajak yölidagi ezgu taşabbus
Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxşilaş, yaşil hududlarni kengaytiriş, daraxt va buta köçatlarini ekiş, şuningdek, aholining tabiatga bölgan munosabatini yanada mustahkamlaş maqsadida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham mazkur umummilliy taşabbusni qöllab-quvvatlagan holda, hududlarda kökalamzorlaştiriş tadbirlarida faol iştirok etmoqda. Zero, atrof-muhitni asraş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va kelajak avlod uçun soğlom ekologik muhit yaratiş jamiyatning har bir aʼzosidan masʼuliyat va daxldorlikni talab etadi.

Ana şunday ezgu taşabbuslar doirasida partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Nurlibay Qaypbergenov boşçiligida Nukus tumanida köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Unda partiya Kengaşi xodimlari, faollar hamda Nukus tumani Kengaşi deputatlari iştirok etib, hududni yanada obod va körkam maskanga aylantiriş yölida öz hissalarini qöşdilar.

Tadbir davomida turli manzarali daraxt köçatlari ekilib, ularni parvarişlaş va kelgusida yaşil hududlarni yanada kengaytiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Iştirokçilar tomonidan amalga oşirilgan uşbu amaliy işlar nafaqat hudud ekologiyasini yaxşilaş, balki aholida tabiatga mehr, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat va ekologik madaniyatni şakllantirişga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri