“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Yashil makon”, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirida ko‘chat ekish, parvarishini tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi, viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i, “Namanganyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi agranomlari, NamDU professor o‘qituvchilari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.
[gallery-9301]
Seminarda olim va mutaxassislar tomonidan viloyat tabiiy sharoitidan kelib chiqib, iqlimga mos ko‘chatlarning yangi navlarini yaratish va parvarish qilish, ko‘chat ekish agrotexnikasini to‘g‘ri tashkil etish, ko‘chatlarni ko‘paytirish, ekiladigan nihollarni kasallik va zararkunandalardan asrash kabi mavzularda tushuntirish berildi.
So‘ng, “Navbahor” o‘yingohi atrofida barpo etilayotgan yashil hududga manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
Ta’kidlash joiz, joriy yil kuz oyidagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi davomida tuman bo‘ylab 116 mingdan ortiq ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA