"Yaşil makon" loyihasi doirasida hududlarda millionlab köçatlar ekilmoqda
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi Özbekistonda yaşil maydonlarni kengaytiriş, daraxt va buta köçatlarini ekiş hamda ekologik holatni yaxşilaşga qaratilgan doimiy taşabbus. Loyiha doirasida respublika böylab har yili yuz millionlab daraxt va buta köçatlari ekiladi, şahar va qişloqlarda yaşil hududlar köpaytiriladi. Hozirda uşbu loyiha asosida kuzgi kökalamzorlaştiriş mavsumida yangi boğlar taşkil etiş, yaşil maydonlarni kengaytiriş va çöl hududlarini yaşillaştirişga eʼtibor qaratilmoqda.
SIRDARYO viloyati. Sardoba tumanida hududlarni obodonlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş, ekologik muhitni yaxşilaş hamda aholi uçun yanada qulay va soğlom yaşaş şaroitlarini yaratiş maqsadida keng kölamli köçat ekiş işlari olib borilmoqda. Tuman hokimi Ziyadulla Karimov hamda tuman prokurori Ravşanbek Norboyev boşçiligida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi köçat ekiş tadbirlari taşkil etildi. Unda masʼul taşkilotlar vakillari va keng jamoatçilik iştirok etib, belgilangan hududlarda manzarali va mevali daraxt köçatlarini ekiş işlarini amalga oşirdi. Taʼkidlaş joizki, joriy yilgi kuzgi mavsum doirasida Sardoba tumanida jami 1 million 135 ming tup köçat ekiş rejalaştirilgan. Mazkur ezgu taşabbus nafaqat tuman hududining yanada körkam qiyofa kasb etişiga, balki ekologik barqarorlikni taʼminlaş, yaşil hududlarni köpaytiriş va kelajak avlod uçun soğlom atrof-muhitni yaratişga xizmat qiladi.

BUXORO viloyati. Şofirkon tumanining Qizilqum çöliga tutaş hududida yirik köçatzor taşkil etilgan bölib, ayni paytda bu yerda 1 millionga yaqin manzarali va mevali köçatlar parvarişlanmoqda. Köçatzorda Buxoroning qurğoqçil va şörxok iqlimiga çidamli bölgan gujum daraxtlarini köpaytirişga alohida eʼtibor qaratilgan. Tabiiy çidamliligi va şarsimon çiroyli şaklga kirişi bilan ajralib turuvçi mazkur daraxtlar hudud köçalari hamda aholi maskanlarini kökalamzorlaştirişda asosiy örin tutadi. Şuningdek, uşbu maydonda tez ösuvçi pavlovniya, manzarali butalar va turli gul köçatlari ham yetiştirilib, hududning yaşillik darajasini oşiriş uçun xizmat qilmoqda.

QAŞQADARYO viloyati. Qamaşi davlat örmon xöjaligida 2026-yil kuzgi köçat ekiş mavsumi uçun hududning iqlim va tuproq şaroitiga mos bölgan 320 ming tup köçat zaxirasi şakllantirilgan. Mazkur köçatlar kuzgi mavsumda hududlarni kökalamzorlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş hamda ekologik barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.

FARĞONA viloyati. Yozyovon tumani Yuqori Soyböyi mahallasidagi “Yangi Özbekiston” massivida ham uşbu loyiha doirasida keng kölamli köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Dilşodjon Jalilov iştirok etib, kökalamzorlaştiriş işlari kelajak avlod uçun munosib meros qoldirişda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Şuningdek, ekilgan har bir köçatning elektron platformaga kiritilişi, parvarişi va uning kökarişi nazoratga olinişi qayd etildi. Massivdagi köp qavatli turar joylar va kiçik sanoat zonasi örtasida barpo etilayotgan park hududiga çinor, katalpa, oq qayin, eman, klyon kabi manzarali daraxtlarning 2 ming tupdan ziyod köçatlari ekildi. Yangi Özbekiston massivida barpo etilayotgan 104 ta köp qavatli uy aholisi uçun uşbu park nafaqat hordiq çiqariş maskani, balki toza havo va soğlom ekologik muhit manbaiga aylanişi kutilmoqda.

Qayd etiş lozimki, loyiha doirasida köçatlarni parvarişlaş, yaşil hududlarni köpaytiriş va ekologik muhitni yaxşilaş işlari davom ettirilmoqda. Zero, bugun ekilgan har bir köçat — ertangi yaşil kelajagimiz poydevori!
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA