Yaqubova Habiba Otabayevnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbek hikoyachiligida favqulodda vaziyatlar qahramoni tasviridagi fiziologizm va psixologizm parallelligi tadqiqi” mavzusida
Yaqubova Habiba Otabayevnaning 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek hikoyachiligida favqulodda vaziyatlar qahramoni tasviridagi fiziologizm va psixologizm parallelligi tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi shahridagi Turon universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-avgust kuni soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Nasaf ko‘chasi, 1/14-uy. Qarshi shahridagi Turon universiteti.
Tel.: (99875) 220-00-25
e-mail: turonuniversity.uz