Yaqin do‘sti sabab Kafka unutilmadi
Frans Kafka tomonidan tuzilgan hujjatlar to‘plami qayta tiklanib raqamlashtirilgandan so‘ng internetda keng ommaga taqdim etildi, deya xabar beradi BBC.
Raqamlashtirilgan to‘plamga Kafkaning "Mamlakatda to‘yga tayyorgarlik" hikoyasining uchta qoralama versiyasi, shoirning ibroniy tilda mashq qilgan daftar va yuzlab shaxsiy maktublar, eskizlar va sayohat jurnallari jamlangan. Ayrim manbalarda Kafka rasm chizishni universitetning birinchi bosqichida o‘qib yurganda boshlagan deyiladi.

Kafka vafotidan keyin do‘sti Maks Brodga qo‘lyozmalarini yoqib yuborishini aytgan, ammo Maks uni Isroil Milliy kutubxonasiga topshirgan. Keyinchalik Kafkaning ijodiy ishlarini jamlab, XX asrning eng buyuk yozuvchilaridan biri sifatida tan olinishiga sababchi bo‘lgan.
1968 yilda Brodning vafotidan so‘ng Kafka kolleksiyasi g‘oyib bo‘ladi. Shundan so‘ng Isroil Milliy kutubxonasi kolleksiyani 11 yil mobaynida qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Kafka 1924 yil, yetti yil sil kasali bilan kurashib, 41 yoshida vafot etdi. Do‘stining o‘limidan so‘ng Maks Brod Kafkaning qo‘lyozmalarini o‘n besh yillar asrab yurgan va keyinchalik ularni nashr etib borgan.