Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda yuz yoshdan oshganlar soni rekord darajada o‘sib, 86 ming 510 kishiga yetdi. Ularning 88, 4 foizi ayollarni tashkil qilmoqda.

– 2021 yil 15 sentyabrda mamlakatda ko‘p yashovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 6 ming 60 kishiga ko‘paygan. Ketma-ket 51 yildan buyon ushbu ko‘rsatkich o‘sib kelmoqda, – deyiladi vazirlik xabarida.  

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1963 yilda Yaponiyada uzoq umr ko‘radiganlar soni 153 kishini tashkil etgan, 1981 yilda esa bu ko‘rsatkich mingdan oshgan. O‘n yetti yil o‘tgach, yuz yoshdan o‘tgan fuqarolar o‘n mingdan yuqori bo‘lgan.  

Bularning barchasi asosan tibbiyot texnologiyalari yutuqlari bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Shuningdek, vazirlik 2020 yilda Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollarga nisbatan 88 foiz, erkaklarga nisbatan 82 foiz bilan rekord darajaga yetgani haqida xabar qildi.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada yuz yoshdan oshganlar soni 86 ming 510 kishiga yetdi