Tokioda sodir bo‘lgan bir voqea haqida “NHK” davlat televideniyesi xabar berishicha, svetoforda turgan taksichi yashil chiroq yongach, mashinasini kaptarlar ustiga haydagan. Haydovchi, taxminan, soatiga 60 km tezlikda yurgan mashinasi bilan bir kaptarni o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.

Yaqin atrofdagi piyoda chaqirig‘iga ko‘ra voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimi holatni o‘rgangan. Milliy matbuot yozishicha, tekshiruv natijasi kaptarning o‘limiga jarohat talvasasi (travmatik shok) sabab bo‘lganini qayd etgan. Taksi haydovchisi to‘satdan mashinasini kabutarlar ustidan haydab o‘tgani ham aniqlangan.

Qaydnomada professional haydovchi atay tezlikni oshirib, rulni jonivorlar tomon yo‘naltirgani, bu harakati “o‘ta g‘arazli” ekani ta’kidlangan. So‘roq paytida qilmishiga iqror bo‘lgan haydovchi “yo‘l odamlarniki, qushlar esa yo‘ldan chetda turishi kerak”, deya olgan, xolos.

50 yoshli haydovchi jonivorni ataylab o‘ldirish va yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga oid qonunni buzganlikda ayblanib, qo‘lga olingan. Qoidabuzar qancha muddat hibsda qolishi ochiqlanmagan.

Ushbu voqea Yaponiya matbuotida ancha shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqda haydovchiga nisbatan juda ko‘p qarshi izoh qoldirilgan.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada kaptarni bosib ketgan haydovchi hibsga olindi