Yaponiya Bosh vaziri iste’fo berdi
NHK telekanali ma’lum qilishicha, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi.
Mamlakat parlamenti 27 sentyabr kuni hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) raisi etib saylangan Sigeru Isibani yangi Bosh vazir etib tasdiqladi.
Ishdan ketgan mulozim avgust oyida reytingi pasaygani va ayrim janjallar asnosida hukumat boshqaruvini topshirishi haqida aytgandi. O‘shanda uni ma’qullash ko‘rsatkichi 25 foizni tashkil etgan. 2021 yil, hukumatni qabul qilgan payt esa Kisidaning reytingi taxminan 50 foizdan oshiq bo‘lgan, Hukumatning ma’qullash darajasi iyul oyida rekord daraja - 15,5 foizga tushib ketdi.
Kisidaning rahbarligi muddati uch yil turli ziddiyatlar ostida kechdi. Eng yirik janjal 2023 yil oxirida boshlangan LDPdagi korrupsiya holatiga tegishli.