Yangi yil tomoshalari davom etmoqda (+video)
Yurtimizdagi har bir bayram ko‘tarinki ruxda, shodu-hurramlikda o‘tadi. Ayniqsa, Yangi yilni o‘zgacha nishonlaymiz. Bugun turli saylgohlarda, park va aleyalarda yangrayotgan kuy va qo‘shiqlarni, san’atkorlarning badiiy va ko‘ngilochar dasturlarini, yuqori kayfiyatda sayr qilib yurgan yurtdoshlarimizni ko‘rib har bir insonning dili quvonadi. Ayniqsa, bolajonlarning sho‘x-shodon kulgilari bu bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi. Ularning qishki ta’tilda maroqli dam olishlarini tashkil etish borasida mutasaddilar ham alohida tayyorgarlik ko‘rdi.
Jumladan, shu kunlarda Toshkentning asosiy Yangi yil archasi tadbirlari o‘tkaziladigan Alisher Navoiy nomidagi kutubxona qarshisidagi keng maydonda turfa chiroqlar yog‘dusida shaharliklar va poytaxt mehmonlarining 35 metrlik archa atrofida hushchaqchaqlik bilan vaqtlarini o‘tkazayotganliklarini ko‘rishingiz mumkin. Xilma-xil atraksionlar, bolalar va kattalar uchun sahnada yangrayotgan kuy-qo‘shiqlar, turli ko‘ngilochar dasturlar barchaga xushkayfiyat ulashmoqda. O‘z navbatida tashkilotchilar bosh archaga kelayotganlarning bayramni munosib kutib olishlari uchun taniqli san’atkorlar, shou ustalari, xattoki xorijlik didjeylarni ham taklif etishgan.
Shu yerning o‘zida bu unutilmas lahzalarni tarixga muhrlash uchun qorbobo va qorqiz, ertak qahramonlari ham jam bo‘lishgan. Xullas, barcha-barchasi yurtimiz aholisi va kelayotgan mehmonlarning yuqori kayfiyatda, yaxshi ta’surotlar bilan bayramni nishonlashlari uchun qaratilgandirBundan tashqari poytaxt tumanlarida, aholi uchun qulay bo‘lgan 17 ta hududida ham ulkan bayram archalari o‘rnatilib, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu bayram dasturlari bolajonlarning qishki ta’tiliga to‘g‘ri kelgani bois 8 yanvarga qadar davom ettirish ko‘zda tutilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vfTNk0MfZAs" title="Yangi yil tomoshalari davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov (video), O‘zA