Yangi xususiy bogʻcha 12 soat ishlaydi
Qarshi shahridagi Aralovul mahallasi hududida “Wunder children” (Bilimdon bolalar) nomli yangi xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi.
Qarshi shahridagi Aralovul mahallasi hududida “Wunder children” (Bilimdon bolalar) nomli yangi xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi.
Prezidentimizning maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, tizimda xususiy sektorning ulushini oshirish orqali oʻzaro sogʻlom raqobatni shakllantirish, xususiy bogʻcha tashkil etayotgan ishbilarmonlarga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish borasidagi tashabbuslaridan ruhlangan tadbirkor Xurshida Hakimova ana shu loyihani amalga oshirdi.
90 oʻringa moʻljallangan muassasada badiiy gimnastika, sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ingliz, rus, koreys va xitoy tillari puxta oʻrgatiladi.
Bogʻcha ota-onalarning ishda boʻlish vaqtini inobatga olgan holda, ertalab soat yettidan kechki yettiga qadar, yaʼni 12 soat ishlaydi. Bundan tashqari, talab asosida 24 soatlik guruhga ham tarbiyalanuvchilarni qabul qilish imkoniyati mavjud.





