Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilayotgan 1-sinf Tasviriy san’at darsligi mazmuni, dizayni va interaktivlik jihatidan avvalgisidan tubdan farq qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, yangi darslik amaldagi darslikdan farqli ravishda aynan o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq qiziqishi va psixofiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda yaratildi.

Xususan, amaldagi darslik «Tasviriy san’atning turlari» mavzusi bilan boshlanar, bu hali qo‘liga endi qalam ushlagan o‘quvchi uchun murakkablik qilar edi. Endilikda yangi darslik o‘quvchida chiza olish ko‘nikmasini sodda amallardan boshlab o‘rgatadi. Darslikka qo‘shimcha yaratilgan ish daftarida o‘quvchiga avval turli chiziqlar, keyin shakllar, undan so‘ng raqamlar asosida turli tasvirlarni chizish o‘rgatiladi. Darslik maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi bilan integratsiya qilingani bois, 1-sinf o‘quvchisi tasviriy san’atni bog‘chada o‘rganganlarining davomi sifatida uzviylikda o‘rganadi.

Yangi darslik dizayni xalqaro tajribalarga suyangan holda mutlaqo yangicha uslubda yaratildi. Mashhur rassomlar tomonidan darslikning har bir mavzusiga maxsus rasmlar chizilgani ham darslikning eng katta yutuqlaridan biridir.

Yaratilayotgan darslikda tasvir ishlash va yasash bosqichlari mavzular bo‘yicha berilgan va «Grafika», «Haykaltaroshlik», «Rangtasvir» va «Kompozitsiya» kabi tasviriy san’atning asosiy bo‘limlariga ajratilgan.

Amaldagi darslikda fanlararo bog‘liqlikka e’tibor qaratilmagan edi. Yangi Tasviriy san’at darsligi «STEAM» ta’limiga asoslandi. Bolalar endilikda matematika darsida o‘rgangan raqamlaridan tasviriy san’at darslarida turli shakllarni yaratishda foydalanishadi.

Shuningdek, darslikda o‘quvchini mantiqiy fikrlashga undaydigan o‘quv topshiriqlari berildi. Tasviriy san’at darsligi o‘quvchi ish daftari, o‘qituvchi kitobi, media ilovasi bilan ishlab chiqilgani ham darslikdagi katta o‘zgarishlardan biridir.

Darslikka ilk marotaba AR to‘ldirilgan borliq tizimi joriy etildi. Agar smartfon darslik muqovasiga tutilsa,undagi tasvir harakatlanadi va o‘quvchi qo‘shimcha ma’lumotlarni ovoz orqali eshitish hamda chizish bosqichlarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa darslikning imkoniyatlarini bir necha barobarga kengaytiradi.

Fayzullo Yahyoyev,O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Tasviriy san’at darsligi yaratilmoqda