Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy aksiya tashkil qilindi.
Tadbir yoshlarning intellektual, ijodiy va tadbirkorlik salohiyatini yuksaltirish, shuningdek ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish maqsadiga qaratildi.
[gallery-29909]
Aksiya doirasida “Tadbirkorlik va bandlik”, “Kitobxonlik”, “Sun’iy intellekt va startaplar”, “Xorijiy tillar va TOP universitetlar”, “Volontyorlar va sardorlar”, “Iste’dod” hamda qizlar ovozi pavilonlari tashkil qilinib, ularda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi, “Komak”, “Ustoz AI”, “Kitob FEST”, “Mutolaa”, “1000 kitob”, “Startap FEST”, “Gen AI”, “Ibrat farzandlari” volontyorlar assotsiatsiyasi kabi qator loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA