“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”da futbol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizda o‘tkazilayotgan «Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi»ning yakuniy kun tadbirlari davom etmoqda.
Kecha olimpiada doirasida sportning futbol turi bo‘yicha g‘olib va sovrindor jamoalar nomi aniqlandi. Final uchrashuvlari yakunlanganidan so‘ng «Olimpiya shaharchasi» Markaziy o‘yingohida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-29868]
Musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Qoraqalpog‘iston davlat universiteti hamda Termiz davlat universiteti jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
«Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi»ning tantanali yopilish marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN ( surat), O‘zA