Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarga munosib sovg‘a
Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi “Qiziltepa” mahalla fuqarolar yig‘inida 120 o‘ringa mo‘ljallangan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 2022 yil Investitsiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan sobiq 31-umumta’lim maktabining bo‘sh binosini rekonstruksiya qilish orqali tashkil etildi.


Maktab binosi 2,2 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirildi. Bu yerda bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ayni paytda tumanda 3-7 yoshli bolalar 8 ming 981 nafarni tashkil etib, ularning 6 ming 712 nafari maktabgacha ta’limga qamrab olingan.


A.Bo‘riyev, O‘zA