YANGI KITOB: Oʻzbek madaniyatida suv
“Akademnashr” nashriyoti Adhamjon Ashirovning “Oʻzbek madaniyatida suv” nomli kitobini chop etdi.
“Akademnashr” nashriyoti Adhamjon Ashirovning “Oʻzbek madaniyatida suv” nomli kitobini chop etdi.
Kitobda suvning poklik, tiriklik ramzi ekani haqida gap boradi. Tomchida hayot akslanganidek, kitobdagi har satrda mavzuning koʻlami yana-da chuqurroq ochib berilishga harakat qilingan.
Toʻplamda suvning hadsiz xizmatlari haqida gap boradi. Uning tamaddunda oʻz oʻrni borligi taʼkidlanadi.
Kitobda suv bilan bogʻliq mifologik qarashlar, oʻzbek folklorida suv talqini, oilada suv bilan bogʻliq madaniyat va tarbiya, turfa marosimlarda suvning oʻrni va tibbiy xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.
Kitob suv ilmiga qiziquvchi kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlari uchun moʻljallangan.