Yangi jabrlanuvchilar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak (+video)
Odam savdosi – inson qadri, erkinligi va kelajagiga qarshi qaratilgan eng og‘ir jinoyatlardan biri.
Bu illatga qarshi kurash nafaqat huquqbuzarlarni jazolash, balki jabrlangan insonlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish va jamiyatga qaytarishni ham talab qiladi. Shu maqsadda Prezidentning yangi farmoni bilan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni himoya qilish, reabilitatsiya qilish va ijtimoiy integratsiya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-avgustdagi “Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, “Inson” markazi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi odam savdosidan jabrlangan shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan muassasalarga, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlariga odam savdosidan jabrlangan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish vakolati berilmoqda. Bu esa jabrlanganlarga tezkor yordam ko‘rsatish va ularni zarur xizmatlar bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul xodimi Zulayho Kamolxo‘jayeva mazkur hujjat asosida belgilangan vazifalar xususida quyidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JvStJ5bpqeM?si=7H5XJL01ux8lrkKI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA